I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti vakillari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bazasida Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari xodimlari uchun “Xalqaro universitetlar reytingi” treningini oʻtkazmoqda.
Treningning ma’ruzachilari I.I. Mechnikov nomidagi SHGDTU xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Natalya Koroleva va o’quv bo’limi boshlig’i Zaxar Lopatinlar.
Tadbirda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari jamoalari: fan va xalqaro ishlar bo‘yicha prorektorlar, xalqaro va ilmiy bo‘limlar, sifat bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. Trening 6-9 iyun kunlari jonli va masofaviy formatlarda boʻlib oʻtyapti: ishtirokchilar amaliy qadamlarni muhokama qiladilar, real vaziyatlarni hal qiladilar va topshiriqlarni bajaradilar.
Treningni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Safaevich Ismailov kirish so‘zi bilan ochdi. U O‘zbekiston universitetlarini xalqaro reytinglarda namoyon etilishi, I.I. Mechnikov nomidagi Shimoli-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalari muhimligini ta’qidlab o’tdilar.