Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va T.X. Chan nomidagi Garvard tibbiyot fakulteti  2023-yil 16-iyun kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro bioetika tadqiqotlari postdoktoral ta’limi – Markaziy Osiyo tarmog‘i” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etishadi.

Konferensiya maqsadi: yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda fanlararo tadqiqotlarning bioetik masalalarining rolini muhokama qilish.

Konferensiyada ishtirok etish uchun universitet professor-o‘qituvchilari, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalar taklif etiladi.

Konferensiya dasturi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

• bioetikaning dolzarb masalalari;

• fanlararo biotibbiy tadqiqotlar

• shifokor faoliyatining ma’naviy-axloqiy jihatlari

Daniel I. Wikler, T.X. Chan nomidagi Garvard Tibbiyot sog’liqni saqlash maktabi, Global sog’liqni saqlash va aholi departamenti Etika va jamoat salomatligi professori. va Kerim Munir MD, MPH, DSC – Rivojlanish nogironligi bo’yicha universitetning Psixiatriya markazi direktori, Boston bolalar kasalxonasi, Garvard universiteti

Konferensiya joyi va vaqti: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bog‘ishamol ko‘chasi, 223-uy

Aloqa uchun shaxs: Nurxo‘jaev Sobir Nasirxo‘jaevich
internationalfaculty@tashpmi.uz