Toshkent pediatriya tibbiyot institutining jamoasi 1 iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib, maktabda tahsil olayotgan o’quvchilari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Tadbirda institut vakillari, Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan maktab o’quvchilari o’rtasida muloqot uchrashuvi tashkil etilib, mazkur maktabda tahsil olayotgan o’quvchilarning savollariga javoblar berildi.
Shuningdek, maktab yoshlarini institut hayoti bilan tanishtirish maqsadida ular uchun institutda ochiq eshiklar kunini tashkil etish to’g’risida kelishib olindi. Tadbir yakunida maktab o’quvchilariga bayram munosabati bilan esdalik sovg’alar topshirildi.