Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi (JQTA) bilan hamkorlikda «Ichki kasalliklar» fanidan o’tkazilgan xalqaro olimpiada g’oliblari va sovrindorlari bo’ldilar.

«Ichki kasalliklar» fanidan o’tkazilgan xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra Toshkent pediatriya tibbiyot institutining quyidagi talabalari olimpiada g’olibi va sovrinldorlari bo’ldilar:

1. Alyavi Said – «Yosh terapevt» nominatsiyasi g’olibi va birinchi o’rin sohibi;

2. Abdusalomova Dilnura – «Yosh terapevt» nominatsiyasida ikkinchi o’rin sohibi;

3. Zaripova Shirinaxon – «Yosh terapevt» nominatsiyasida uchinchi o’rin sohibi;

4. Mahmudova Xurshida – «Kasbiy mahorat» nominatsiyasi g’olibi va birinchi o’rin sohibi;

5. A’zamxo’jayeva Saida – «Blits-so’rov» tanlovida g’olib va birinchi o’rin egasi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsent va assistentlari – B. M. Mirzayeva, J. O. Ortikboyev, E. E. Rasulev yuqoridagi talabalarning ilmiy rahbarlari sifatida sihtirok etdilar.