Toshkent pedagogika tibbiyot instituti Xalqaro fakultetining 4-bosqich talabasi Diyora Achilova davlat mukofoti – «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Malakatimizning faol va tashabbuskor bo’lgan bir huruh yoshlarini mukofotlash to’g’risidagi farmonni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Diyora Achilova Toshkent peditariya tibbiyot institutining Xalqaro fakultetida Rossiya Sog’liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan qo’shma dastur asosida tahsil olmoqda.
Mazkur talaba joriy yilning fevral oyida Moskvada bo’lib o’tgan «Mir 2100: global tendentsiyalar va yoshlar ko’zgusidagi kelajak» xalqaro yoshlar forumining sovrindori bo’lgan. Hakamlar hay’ati a’zolari Diyoraning ishni alohida maxsus nominatsiya orqali e’tirof etdilar.
Talaba tibbiyot va IT bilan bog’liq yangi yo’nalishlarda o’z potentsialni amalga oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Uning fikriga ko’ra, fanlararo yondashuv ko’plab yangi kashfiyotlar qilishga, ilmiy tadqiqotlar sonini ko’paytirishga imkoniyat yaratadi.