2023-yilning 3-4-iyun kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan O‘zbekiston-Rossiya xalqaro tibbiyot forumi doirasida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘rtasida Xalqaro fakultetning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ordinaturaning 23 ta yangi yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ordinaturaning qo‘shma ta’lim dasturlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tibbiyotning quyidagi dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
– nevrologiya;
– otorinolaringologiya;
– neonatologiya;
– bolalar jarrohligi;
– akusherlik va ginekologiya;
– dermatovenerologiya;
– terapiya;
– nefrologiya;
– gastroenterologiya;
– anesteziologiya va reanimatologiya;
– genetika;
– oftalmologiya;
– plastik jarrohlik (5 yil);
– yurak-qon tomir jarrohligi;
– ultratovush diagnostikasi;
– urologiya;
– endoskopiya;
– revmatologiya;
– kardiologiya;
– bolalar stomatologiyasi;
– endokrinologiya;
– bolalar onkologiyasi;
– kattalar onkologiyasi.
Ushbu yo’nalishlar bo’yicha hujjatlar qabuli 2023-yil avgust oyida rejalashtirilgan.
Barcha savollar bo’yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xalqaro fakultetiga quyidagi manzil orqali murojaat qiling: internationalfaculty@tashpmi.uz