Hurmatli tibbiyot oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari!
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti (Moskva) ordinaturasiga qabul ochiq.
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun hujjatlarni topshirish N.I. Pirogov nomidagi Rossiya ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali 2023 yil 8 avgustga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi..
Hujatlarni shaxsiy kabinetga quyidagi havola orqali yuklanishi kerak: Shaxsiy Kabinet
Buning uchun siz shaxsiy kabinetda ro’yxatdan o’tishingiz va haqiqiy elektron pochta manzilini ko’rsatishingiz kerak.
Kerakli hujjatlar ro’yxati:
1. Xorijiy pasport va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
2. Oliy o’quv muassasani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom, diplom ilovasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
3. 086-raqamli tibbiy ma’lumotnoma va notarial tasdiqlangan tarjimasi;
4. OIV, gepatit B va C taxlillari natijalari, flyuorografiya va ularning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari;
5. Tartibning 46-bandida nazarda tutilgan ariza beruvchining individual yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo’lsa).
HUJJATLARNING VA (yoki) TARJIMASINI YO’Q BO’LGANLIGI HUJJATLARNI QABUL QILIShNI RAD ETISH UCHUN ASOS hisoblanadi.