Xorijlik talabalarni jalb etish va xalqarolashtirish Toshkent pediatriya tibbiyot institutini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 24-29 iyul kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xalqaro fakultet dekani Sobir Nurxodjayevning Hindistonda ishchi tashrif bilan bo’lmoqda.

Tashrif doirasida Hindistondan talabalarni jalb qilish agentligi «Shiksha Medical Education» LTD faol ishtirokida «Druzhba Business Solution» kompaniyasi bilan muzokaralar o’tkazildi.

Shuningdek, Sobir Nurxodjayev Hindistonning Gujarat shtati Surat shahri Vijayanagar sog’liqni saqlash markazida bo’lib, u yerda hindistonlik abituriyentlar uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining faoliyati to’g’risida taqdimot qildi.