2023-yilning 10-iyulidan 17-iyuliga qadar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutiga Irlandiyaning Limerik universiteti Mary Immaculate kolleji o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorining apparati rahbari Keti O’Sallivan va Ta’lim sifati departamenti direktori Dr. Rayan Deyrdre rasmiy tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif Erasmus+ Higher Education Staff Mobility Programme dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Tashrif davomida institut rektori Botir Daminov va Xalqaro aloqalar bo‘limi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularda Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi Milliy vakolatxonasi direktori Aziza Abdurahmonova bilan hamkorlikning uzoq muddatli rejalari va muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, Irlandiyalik mexmonlar, Ilg‘or texnologiyalar va strategik tashabbuslar markazi xodimlari tomonidan taqdim etilgan raqamli ta’lim platformasi hamda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar bilan tanishib chiqishdi, o’quv bo‘limi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari bilan o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Limerik universiteti Mary Immaculate kolleji 1898-yilda tashkil etilgan universitet darajasidagi yetakchi pedagogic va gumanitar kolleji bo‘lib, akademik jihatdan Limerik universiteti bilan bog‘langan va Irlandiyada 6-o‘rin, 2023 yildagi global jahon reytingida 757-o‘rinni egallagan.