Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi kardioxirurgiya bo’limi shifokori, Bobur Turaev Yaponiyaning Okayama Universiteti shifoxonasi, bolalar kardioxirurgiyasi bo’limida 1 oylik ilmiy-amaliy stajirovka o’tib, yurtimizga qaytib keldi.
Stajirovka davomida O’zbekistonlik mutaxassis ko’plab operatsiyalarda ishtirok etdi, bemorlarni operatsiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi parvarishi yuzasidan malakasini oshiridi.
Stajirovka yakunida Okayama Universiteti klinikasi O’zbekistonlik mutaxassisning bilim va ko’nikmalarini yuqori baholagan holda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bilan hamkorlikni davomli bo’lishiga umid bildirdilar. Ma’lumot uchun: Okayama Universiteti Shifoxonasi, Yaponiyaning janubiy qismidagi eng yirik shifoxonalardan biri bo’lib, 50 ga yaqin bo’limga va 1000 ga yaqin yotoq-o’riniga ega. Ushbu shifoxonaning kardioxirurgiya bo’limi dunyo bo’ylab yetakchi bo’limlardan bo’lib, hozirgi kundagi eng murakkab operatsiyalardan biri Norwood operatsiyasining Sano modifikatsiyasi aynan shu klinikada yo’lga qo’yilgan