Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Yonsei universiteti (Koreya) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi va akademik almashinuv dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida Neonatologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimov Anvar Valievich va Shoshilinch pediatriya, halokat tibbiyoti kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Sharipov Alisher Mirxamidovich  jahon Global universitetlar reytingining TOP-100 taligidan joy olgan Yonsei universiteti Yonsei Global Health Center da qator ma’ruzalar o‘qib chiqdilar. (#76 QS World University Rankings).

Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Inje universiteti Ilsan Paik kasalxonasi (Koreya, QS World University Rankings №500) oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida Inje universiteti Ilsan Paik kasalxonasi koʻp yillik hissasi uchun yetakchi mutaxassislarimizga professor unvonlari uzaytirildi.