2023 yil 24-25 avgust kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Toshkent shahridagi Tibbiyot OTMlari tyutorlarining yangi 2023/2024 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, madaniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlardan yaqindan xabardor qilish hamda talaba-yoshlarning mafkuraviy immuniteti va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv seminari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi D.M.Ilxomov tomonidan ochib berildi va seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, vazifalar hususida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi A.D.Ergashev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimotlari namoiysh etildi.
Kun tartibidagi mavzuni davomi sifatida ToshPTI Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti A.M.Djuraevning “Yoshlar ta’lim-tarbiyasida Islom dinining o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi va “Biz nima istaymiz”? nomli film namoyishi bilan birinchi kuni o‘quv-seminari yakunlandi.
O‘quv seminarining ikkinchi kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari mayor U.Djalilov, leytetant O.Nuriddinovlar “Yoshlarni kiber tahdidlardan himoya qilish” mavzusidagi ma’ruza va Yunusobod tumani IIOFMB boshlig‘ining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik A.Baxromov tomonidan “Yoshlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini oldini olish” mavzusidagi ma’ruzalari bilan davom ettirildi.
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish mexanizmlari” mavzusidagi ma’ruza-taqdimot O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Boshqarma boshlig‘i U.Sattarov tomonidan namoyish etildi.
Shuningdek, ikki kunlik o‘quv-seminarida berilgan ma’lumotlar hamda tyutorlarning o‘zaro tajribalari bo‘yicha bahs-munozara shaklida tyutorlarning chiqishlari amalga oshirildi va kelgusida hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.