Jamoat salomatligi tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli bitirgan hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 2-bosqichdan o‘qish uchun Suhbatga hujjat topshirgan talabgorlarning Suhbat jarayonlari 2023-yil 21-25-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Suhbat Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Bosh oʻquv binosida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻshamol koʻchasi, 223.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
o‘qishga qabul qilishda suhbat jarayonini o‘tkazish
GRAFIK-JADVALI
№ | Ta’lim yo‘nalishi nomi | Guruhi | Talabgorlar soni | Suhbat o‘tkazish muddati va vaqti | Suhbat o‘tkazish joyi |
1. | Davolash ishi | 1 – o‘zbek guruhi | 18 | 21.08.2023 yil soat 09-00 | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Asosiy o‘quv binosi, 1-qavat, 3-ma’ruza zali |
2 – o‘zbek guruhi | 17 | 21.08.2023 yil soat 14-00 | |||
3 – o‘zbek guruhi | 18 | 22.08.2023 yil soat 09-00 | |||
4 – o‘zbek guruhi | 17 | 22.08.2023 yil soat 14-00 | |||
1 – rus guruhi | 10 | 24.08.2023 yil soat 14-00 | |||
2. | Pediatriya ishi | 1 – o‘zbek guruhi | 18 | 23.08.2023 yil soat 09-00 | |
2 – o‘zbek guruhi | 17 | 23.08.2023 yil soat 14-00 | |||
3 – o‘zbek guruhi | 17 | 24.08.2023 yil soat 09-00 | |||
1 – rus guruhi | 3 | 24.08.2023 yil soat 14-00 | |||
3. | Tibbiy-biologik ish | 1 – o‘zbek guruhi | 17 | 25.08.2023 yil soat 09-00 | |
4. | Oliy hamshiralik ishi | 1 – o‘zbek guruhi | 16 | 25.08.2023 yil soat soat 14-00 |
Har bir guruh uchun Suhbatning aniq sanasi, vaqti va joyi bitiruvchining shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ilova qilingan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob 10-bandiga muvofiq, bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, u suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalar safidan) CHETLASHTIRILADI hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) belgilangan muddatda Suhbatga kelmagan bitiruvchilarga Suhbat o‘tkaziladigan sanadan uch kundan kechikmay Qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim.
Suhbat jarayonida quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
1. O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlar (Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar va boshqalar) mohiyati va ahamiyatini tushunish;
2. Sog‘liqni saqlash yo‘nalishini tanlashda motivatsiyalarni anglash (tibbiyot xodimiga quyilgan talablar, tibbiyot kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini anglash, tibbiyot kasbiga bo‘lgan fidoyilik va boshqalar);
3. Sog‘liqni saqlash xodimining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini tushunish (o‘qishga bo‘lgan qobiliyati, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlarining mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari va boshqalar);
4. Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy biologiya, Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kasbiy ko‘nikmalariga ega ekanligini aniqlash.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining «Davolash ishi», «Pediatriya ishi», «Tibbiy-biologik ish», «Oliy hamshiralik ishi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha
BAHOLASH MEZONLARI
Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!