Bugun, 2023-yil 8 sentabr kuni poytaxtimizdagi “Trilliant Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston – AQSH sog‘liqni saqlash haftaligi doirasidagi yirik anjumanda ikki mamlakatning yetakchi tibbiyot tashkilotlari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi hujjatlarni imzolash marosimi bo’lib ‘otdi.
Marosimda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Ann & Robert X. Lurie nomidagi Chikago bolalar shifoxonasi qoshidagi Siragusa transplantatsiya markazi va transplatatsion jarrohlik xizmati o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi shartnoma imzolandi.
Shartnoma doirasida tashkilotlar or’tasida akademik harakatchanlik dasturlari amalga oshiriladi, transplantologlar va nefrologlar uchun stajirovkalar va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Shuningdek, tomonlar qo’shma ilmiy-tadqiqot ishlari, master-klasslar va konferensiyalarni o’tkazish bo’yicha kelishib oldilar.