Bugun, 2023-yil 28-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.

Bayram arafasida o’tkazilgan tadbir davomida qator soha vakillariga «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni topshirildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov ham «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdrilandi.

Eslatib o’tamiz, «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan oliy ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdrilanadilar.