2023 yil 25-26 sentabr kunlari bo’lib o’tgan  Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi  Oliy o’quv yurtlari rektorlarining IV Mintaqalararo Konferensiyasi maydonlarida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori professor B. T. Daminov tomonidan  Rossiya Federatsiyasi sog’liqni saqlash vazirligining N. I. Pirogov  nomli «Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti» bilan strategik hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.  

Shuningdek, Komi Respublikasining eng yirik oliy o’quv yurtlaridan biri  Pitirim Sorokin nomidagi Syktivkar davlat universiteti bilan kelishuvga erishildi va  hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.