Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining «World University Rankings» – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
Bu yil respublikamizning 48 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun davogar bo’ldi.
Shu qator Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ham «World University Rankings» – 2024 reytingida “reporter” maqomiga ega bo’ldi va dunyoning TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun davogar sifatida e’tirof etildi.
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.