2023 yil 4-9 sentabr kunlari Toshkent pediatriya tibbbiyot institutida  1-kursga qabul qilingan talabalar uchun Mustaqillik darslari o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.

Mavzu doirasida “Qatag‘on qurbonlari” xotirasiga bag‘ishlangan ochiq darslar tashkil etildi. Shuningdek 1-kurs talabalari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida mustaqillik hamda mutaxassislikka kirish darslari o‘tkazildi.

Mutaxassislikka kirish darslarida institut professorlari Yo.N.Madjidova, S.J.Aminov, Sh.M.Axmedov, N.R.Alieva, X.A.Rasulovlar ma’ruza qildi.

Shuningdek institut jamoat tashkilotlari mas’ullari tomonidan tanishtiruv darslari o‘tkazildi.

Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Mustaqillik darslari mavzuga doir prezentatsiya va videoroliklardan foydalangan holda yuqori saviyada tashkil etilidi.

Mustaqillik darslari institutning barcha kafedralarida 2-6 kurs talabalari uchun kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi va bayonnomalari rasmiylashtirildi.