2023 yil 29 sentabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 1-oktabr –“Ustoz va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Qalbi daryo ustozim” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor K.N. Xaitov, Davolash ishlari bo‘yicha prorektor A.A. Djalilov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.A.Axmedova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Q.Xudayberdiev, Xodimlar kasaba uyushmasi raisi A.M.Mannanov, Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti a’zolari, institutning barcha kafedra professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor K.N.Xaitov ochib berdi, shuningdek Davolash ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Djalilov Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan barcha professor-o‘qituvchilarini tabrikladi.

Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Navbahor” ansambli xonandalarining kuy –qo‘shiqlari bilan boshlandi. Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti a’zolari va talabalar teatr studiyasi tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir yakunida Xodimlar kasaba uyushmasi raisi A.M.Mannanov, so‘zga chiqib, barcha professor-o‘qituvchilarni  bayram bilan qutladilar.  So’ng, institutning 150 dan ortiq faol professor-o‘qituvchilariga qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.