Toshkentda 2023 yil 6-8 sentabr kunlari O’zbekiston-Amerika sog’liqni saqlash haftaligi bo’lib o’tdi.

O’tgan hafta doirasida, tibbiyot ta’limi sohasidagi Amerika tajribasini o’zlashtirish va amaliyotga keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar, shuningdek, yuqori texnologiyali operatsiyalar va mahorat darslari o’tkazildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga Harvard Medical School ma’muriyati va yetakchi mutaxassislari hamda Boston Childrens Hospital (AQSh) pediatrlari rasmiy tashrif buyurishdi.  Tashrif davomida tajriba almashish, pediatriya sohasida hamkorlikning mumkin bo’lgan mexanizmlari bo’yicha muzokaralar, shuningdek, institut infratuzilmasi bilan tanishish bo’lib o’tdi.