2023 yil 30 sentyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining mukofotlari bilan eʼtirof etilgan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bir guruh professor-o‘qituvchilarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

“Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar:

Abdullayeva VASILYA KARIMBEKOVNA – Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi mudiri;

AGZAMOVA NAZIFA VALIYEVNA – Oilaviy shifokorlik №2, klinik farmakologiya kafedrasi dotsenti;

ALIMXODJAYEVA NAZIRA TILYAXODJAYEVNA – Tibbiy va biololgik kimyo, tibbiy biologiya umumiy genetika kafedrasi dotsenti;

SHAMANSUROVA ELMIRA AMANULLAYEVNA – Jismoniy tarbiya, fuqarolar muhofazasi kafedrasi mudiri;

TURDIYEVA KAVSAR ShERALIYEVNA – O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.

“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar:

ASKARYANS VERA PETROVNA – Farmakologiya, fiziologiya kafedrasi dotsenti;

KARABAYEV XURRAM ESANKULOVICH – Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi professori;

Djabbarova Dodar RAXIMOVNA – Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining tashakurnomasi bilan taqdirlanganlar:

AMINOV SALOXIDDIN DJURAYEVICH – Farmakalogiya, fiziologiya kafedrasi mudiri;

NISHANTAYEV MAXAMATJON KOSHMETOVICH – 1-Pediatriya, xalq tabobati fakulteti dekani o‘rinbosari.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining «Fahriy yorlig‘i» bilan taqdirlangan:

Axmedova MUBORAK AXMEDOVNA – Ëshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor.

O‘zbekiston fahriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan:

DJALILOV ABDUMALIK AXADOVICH – Davolash ishlari bo‘yicha prorektor.

Hamkorlik yordamlari uchun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashakkurnomasi bilan taqdirlangan: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi