2023-yil 31-avgustda Janubiy Korea Yonsei Universiteti mutaxasislaridan (AN SHIN KI – Yonsei Universiteti tibiyot kolleji bosh tadqiqotchisi, LIM BOMJIN –Yonsei Universiteti tibiyot kolleji proffessori, XEN MINYON – Yonsei Universiteti tibiyot kolleji tadqiqotchisi, LI XYODJIN – Yonsei Universiteti tibiyot kolleji tadqiqotchisi, U MIXYAN – Yonsei Universiteti tibiyot kolleji tadqiqotchisi) tashkil topgan delegatsiya MNEF KOICA loyihasi doirasida institutimiz Ilg’or texnologiyalar va strategik tashbbuslar (ITST) markazida bo’ldilar. Hozirda ITST markazi olib borayotgan faoliyat, institut SMART Kampus tarmoq tizimi va hozirgi kungacha ishlab chiqilayotgan yangi dasturiy ta’minotlar markaz direktori tomonidan tanishtirildi.
Uchrashuv mobaynida markaz mutaxassislari “Homila AI”- homiladorlik davridagi asoratlar prognosi va “AUTIZM AI” – 15 yoshgacha bolalarda autizm kasalligi rivojlanish xavfini bashorat qiluvchi mobil ilovalarini taqdimot qilishdi. Delegatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Bundan tashqari, MNEF KOICA loyihasi “Industry-Academy Coorperation” yo’nalishi asosida amalga oshirilishi kerak bo’lgan workshoplar, ularni mavzulari; Sog’liqni saqlashga oid hackatonlarni o’tkazish bo’yicha ikki tomonlama tashkiliy va amaliy ishlar tog’risida batafsil gaplashib oldilar.
Uchrashuv so’ngida, markaz Yonsei Universiteti Raqamli sog’liqni saqlash markazi (Digital Health Center) bilan kelgusida aloqalarni yanada kuchaytish va yangi loyihalar ustida o’zaro ishlash borasida kelishib oldilar.