O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang’ich tashkiloti hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig’ilishida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Axmedova Muborak Axmedovna, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengash raisi maslahatchisi Sobitov Otabek Yo’ldosh o’g’li, professor-o’qituvchilar, akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etib, yillik hisobot doirasida o’z fikrlarini bayon etdilar.

Saylov natijalariga ko’ra, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi etib amaldagi Yoshlar yetakchisi Abidov Xasanxodja Alisherovich qayta saylandi.

Yig’ilish so’ngida, institut rahbariyati tomonidan fakultet va yo’nalish koordinatorlariga “Ishonch yorliqlari” topshirildi va ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab qolindi.