2023 yil 8 noyabr kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Xotin-qizlar Maslahat kengashi  fakultetlar dekan maslahatchilari, tyutorlar, yoshlar ittifoqi koordinatorlari va talaba-qizlar bilan birgalikda, qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash hamda  talabalar bilan muntazam do‘stona hamkorlikda ish yuritish maqsadida poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Bundan tashqari talabalar bilan kelgusida teatrlarga va kinoteatrlarga tashrif uyushtirish rejalari tuzuldi.