Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyasi Belarus-O’zbekiston sog’liqni saqlash forumi ishida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasining Minsk shahriga rasmiy tashrif bilan ketdi.

Delegatsiya tarkibiga rektor, professor B. T. Daminov boshchiligidagi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillari kirdi.

Forum doirasida 2023 yil 27 noyabr kuni O’zbekiston delegatsiyasining Belarus davlat tibbiyot universitetiga tashrifi bo’lib o’tdi.

Tashrif davomida delegatsiya universitet faoliyati, oliy va uzluksiz tibbiy ta’lim tizimi bilan tanishdi. Shuningdek, Belarus va O’zbekiston tibbiyot oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlik va kooperatsiya masalalari muhokama qilindi.