2023 yilning 18 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilg‘or texnologiyalar va strategik tashabbuslar markazi yetuk mutaxassislari bo‘lgan SHIFO AI jamoasi uchun katta g‘alaba kuni bo‘ldi. Aunan shu sanada «Aloqabank» binosida davlat xizmatlari sohasiga qaratilgan keng ko‘lamli mGovAvard mobil ilovalar tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.


«Demo Day» kuni istiqbolli startaplar o‘z loyihalarini ixtisoslashgan auditoriya va ekspertlar, jumladan, BAA vakillariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lgan noyob platforma bo‘ldi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamiyatga foydasi tegadigan startap loyihalarni saralash va jamiyatga tadbiq etish edi.
SHIFO AI jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etib, ushbu tanlovning Final bosqichiga qadar «Autizm makatabi» innovatsion loyihalari autizm spektori buzilishi bo’lgan bolalar uchun online maktab mobil ilovala loyihasi bilan qatnashdilar. Ilova autizm spektori buzilishi bo’lgan bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, mobil ilovada ABA-terapiyaga asoslangan qobiliyat darajasiga moslashtirilgan modullar orqali til, xotira va nutq rivojlantirishga imkon beradigan innovatsion oyinlar va malumotlar joylangan.


SHIFO AI jamoasining “Autizm maktabi” loyihasi nafaqat ijtimoiy ahamiyati, balki ta’limga sohasidagi innovatsion yondashuvi bilan ham ajralib turadi. mGovAward tanlovida 5000 dan ortiq arizalar ishtirok etgan. SHIFO AI jamoasining loyihasi esa ishtirokchilar o’rasida Top-20 ta eng yaxshi loyiha qatoridan o’rin oldi.