Hurmatli Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti talabalari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 11-sentabrda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ–300-son qarorining 1-ilovasi 54-bandida «Bir million dasturchi» loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash vazifasiga muvofiq Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan yoshlarga «Bir million dasturchi» loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu, Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan va «Xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxati» tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, tasdiqlangan 230 ta IT-sertifikatdan 40 tasi «Coursera» dasturlari hisoblanadi. Ushbu tartibga muvofiq, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish yo‘lga qo‘yilgan.


Shu sababli sizni “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasidan faol foydalanishga va IT sohasidagi bilimlaringizni oshirishga taklif qilamiz!
Quyidagi havola : https://cloud.tashpmi.uz/s/a694mdkJBik4m3w orqali «Bir million dasturchi» loyihasi bilan to’liqroq tanishib chiqishingiz mumkin!