Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2-Pediatriya fakultetining 6-kurs talabalari An Susanna va Lazizjonova Umida Toshkent tibbiyot Akademiyasi va Qozog’iston Respublikasining ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan «psixiatriya va narkologiya» tibbiyot Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun «psixiatriya» yo’nalishi bo’yicha xalqaro olimpiadada BIRINCHI va UCHINCHI o’rinlarni egalladi.
Institut rahbariyati va jamoasi An Susanna va Lazizjonova Umida, ularning ilmiy rahbari Rogov Aleksey Vladimirovich va » Psixiatriya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya» kafedrasi mudiri prof. Abdullayeva Vasila Karimbekovna ushbu yutuq bilan tabriklaydi va ularga kasbiy va ilmiy faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.