Bugun Respublika qon quyish markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbirda aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko‘rsatish va ular uchun qulay sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha maʼlumot berildi.

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha ushbu tadbir tafsilotlariga bag‘ishlanadi.