Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o’tdi.

2023-yil oktabr oyida Yevroosiyo ta’lim va Sog’liqni saqlash sifatini akkreditatsiya qilish va ta’minlash markazi (ECAQA) ekspert komissiyasi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta’lim faoliyati sifatini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi.

Tashqi ekspert komissiyasi tomonidan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik faoliyatining baholanishi natijasida institutning «Davolash ishi» va «Pediatriya ishi» ta’lim dasturlari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o’tkazildi.

Baholash doirasida agentlik mutaxassislari institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari, ish beruvchilar va bitiruvchilar bilan suhbatlar o’tkazdilar, institutning tashkiliy tuzilmasi va o’quv jarayonini tashkil etilganligi darajasi o’rganishdi.

Xalqaro akkreditatsiyadan ot’ganlik to’g’risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi, institutning akademik jozibadorligini va manfaatdor tomonlarning ta’lim dasturlarining samaradorligiga bo’lgan ishonchini oshiradi.

«Davolash ishi» va «Pediatriya ishi» ta’ lim dasturlarini akkreditatsiyadan o’tganlik holati to’g’risidagi ma’lumotlar TTXF (The WFME Portal) bazaviy tibbiy ta’limning akkreditatsiya qilingan ta’lim dasturlari portalida joylashtiriladi.

«Davolash ishi» va «Pediatriya ishi» ta’ lim dasturlarini baholash bo’ yicha tashqi ekspert komissiyasining hisobotlari, akkreditatsiyadan ot’ganlik to’g’risidagi guvohnomalar va akkreditatsiya Kengashining qarori Oliy ta’lim sifati bo’yicha Osiyo-tinch okeani reyestrida (DAQAR) va ECAQA veb-saytida «Akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim dasturlari reestri»da joylashtiriladi.