2024-yil 12-yanvar kuni Shinjon tibbiyot universiteti (XXR) klinikasi direktori professor Lu Chen boshchiligidagi delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Shinjon tibbiyot universiteti klinikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Imzolangan kelishuvlarga ko‘ra, tomonlar yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning stajirovka va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot tadbirlarini o‘tkazish sohasida hamkorlik qiladi.
Shuningdek, Shinjon tibbiyot universiteti klinikasi mutaxassislari tomonidan institut doktorantlari va yosh mutaxassislari uchun buyrak o‘rnini bosuvchi terapiya usullaridan foydalanish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.