Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Xo’ja Ahmed Yasaviy nomidagi xalqaro Qozog’iston-Turkiya universiteti o’rtasidagi ikki tomonlama shartnoma hamda akademik mobillik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilishi doirasida.
2024 yil 27 fevraldan 3 martgacha psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi mudiri professor V.K. Abdullayeva, kafedra dotsenti A.A. Ganixanov, PhD A.V. Rogov ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar tsiklini o’tkazib kelmoqdalar, shuningdek, universitetning tibbiyot fakulteti talabalari uchun «psixiatriya» va «narkologiya» darslari tsikli bo’yicha Master-Klass, seminar-treninglar o’tkazadilar. Pediatriya instituti o’qituvchilari kafedrada o’quv jarayonini tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda, universitet klinikasi, simulyatsiya markazi, ruhiy salomatlik kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishdilar.
Akademik mobillik dasturi bo’yicha ikki tomonlama shartnomani amalga oshirish doirasida amaliy sog’liqni saqlash sohasidagi hamkasblar va kafedra professor-o’qituvchilari o’rtasida dolzarb masalalar va tajriba almashish bo’yicha faol va samarali ishlar amalga oshirildi. Universitet klinikasida murakkab holatlar bo’yicha qo’shma kengashlar ham o’tkazildi.
Ma’lumot uchun: Xo’ja Ahmed Yasaviy nomidagi xalqaro Qozog’iston-Turkiya universiteti QS World University Ranking dunyodagi TOP-1000ta universitet reytingiga kiritilgan.