Hurmatli talaba-yoshlar!
Yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob o‘qish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini rag‘batlantirish maqsadida respublika «Ilhom» mukofoti tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovning institut bosqichi 2024 yil 5-mart kuni o‘tkaziladi.
25 martgacha «Ilhom» mukofoti tanloviga ishtirok etish uchun nomzodning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
– oliy ta’lim muassasasining taqdimnomasi;
– pasport (ID-karta) nusxasi;
– ma’lumotnoma-obyektivka;
– tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etadigan ishlari (foto-video lavhalar, tadqiqotlar, badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar).
Nomzodning hujjatlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi (139-xona) da yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qabul qilinadi.