Toskent Pediatriya Tibbiyot Instituti “Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi” kafedrasi assistenti, PhD T.B. Irmuxamedov hamda Sirdaryo viloyati ruhiy-asab kasalliklar dispanseri bo’lim mudiri A.K. Botirovlar tomonidan joriy yilning 19-28 fevral kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023 yildagi PQ-196 sonli «Аholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori 4-bandida nazarda tutilgan birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalarida Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar (MhGAP) dasturi boʼyicha Sirdaryo viloyati shahar OShP, OP larda faoliyat olib borayotgan 20 nafar umumiy amaliyot shifokorlari uchun oʼquv-seminar kursi tashkil qilindi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʼrsatish boʼyicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinishi, ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi boʼgʼinining oʼzida erta aniqlash va davolash choralarini koʼrish, birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish boʼyicha koʼnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish maqsad qilingan.

Tashkil qilingan seminar-teriningda tinglovchilarga ruhiy buzilishlarning ilk belgilari, ularni umumiy amaliyot shifokori sifatida barvaqt aniqlash, klinik tashhislash, olib borish taktikasi va keyingi kuzatuv boʼyicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar qizgʼin savol-javob koʼrinishida tashkil qilinib, umumiy amaliyot shifokorlari oʼz amaliyotida uchragan ruhiy holatlar buzilishi haqida hayotiy misollar bilan vaziyatlarga oydinlik kiritildi.

Oʼquv dasturi yakunida barcha seminar ishtirokchilariga 54 soatlik sertifikatlar taqdim qilinadi.