O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5357-sonli topshirig’i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan «Ma’rifat ulashib» loyihasini amalga oshirish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 17-apreldagi 122-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutning ichki buyrug‘i ishlab chiqildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T.Daminov boshchiligida ushbu masalaga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Unda institutga biriktirilgan mahalla va maktablarda joriy yilning 30-aprel kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi boʻlgan taniqli ijodkorlar ishtirokida «Ma’rifat ulashib» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilganligi aytib o’tildi.
Ushbu tadbirlarni ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyali tashkil etish bo‘yicha institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilaridan mas’ullar biriktirildi.
«Ma’rifat ulashib» loyihasini doirasida institut talabalari o‘rtasida yozuvchilar bilan uchrashuvlar, o‘zbek kino filmlar namoyishi, teatrlarga tashriflar, 150 tadan ortiq kitoblar targ‘iboti, o‘tkazilishi ta’kidlandi.