2024-yil 25-aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Ilmiy pedagogik-kadrlar tayyorlash bo‘limi qoshida Tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research support center)ning ochilish marosimi bo‘lib otdi.
Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov va YONSEI universiteti qoshidagi Yonsei universiteti global hamkorlik va imkoniyatlarni kengaytirish instituti raisi, Yel universitetining tibbiy ta’limni rivojlantirish bo’yicha global ishchi guruhi direktori, professor Shinki AN ishtirok etdilar.
Ushbu markaz ochilishi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, KOICA agentligi hamda Yonsey universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Toshkent pediatriya tibbiyot instituti uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar imkoniyatlarini kengaytirish loyihasi (MNEF)” doirasida ko‘zga tutilgan bo‘lib, markazning maqsadi yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun qulay va noyob ta’lim imkoniyatlarini yaratishdan iborat.