O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innvatsion rivojlanish agentiligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalarni qabul qilish uchun “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovi 88-turi eʼlon qilinadi.
Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablarga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish)
- Texnika fanlari (Texnika fanlari);
- Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar);
- Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);
- Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari);
- Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);
- Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari).
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishiga tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagidagini bildirgan ilmiy jamoa Belarus tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha hamkor topishlari va ikki tomonda eʼlon qilingan tanlov shartlari boʻyicha bir xil mavzuga mos loyihalarni taqdim qilishlari lozim.
Tanlovning barcha bosqichlarida ikki tomondan ham ijobiy natijaga ega loyihalargina keyingi bosqichga oʻtkaziladi (tanlovga bajarilishi ikki yilga moʻljallangan fundamental loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi ikki yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi).
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.