MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.

Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.

2024-yilda ushbu loyiha doirasida tibbiy tadqiqotlar sohasidan 4 nafar stayor tanlanadi:

  • 2 nafar stajor (magistr yoki undan yuqori bo’lgan darajaga ega) – uzoq muddatga (6 oy) – yangi tadqiqotchilar uchun trening;
  • 2 stajor (fan nomzodi (PhD) yoki undan yuqori darajaga ega) – qisqa muddatga (3 oy) – «Tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish» treningi.

Ariza qayta topshirish muddati: 2024 – yil 14 maydan 24 maygacha!

Ariza berish:

1) Arizalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak (mnef.yuhs@gmail.com)

2) Xatning sarlavhasi quyidagicha bo’lishi kerak: «2024 NET Invitational Training_application_NAME of APPLY COURSE_YOUR NAME».

3) Oxirgi muddat: 2024-yil 24 – may

O‘quv dasturlari (treninglar) haqida batafsil ma’lumot va ariza berish shakli quyidagi havolada keltirilgan: https://t.me/tashpmi_press/12875?single

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ma’muriyati, Ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi va tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash markazi