Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Buyuk Britaniyaning «Times Higher Education» (THE) nufuzli reyting tashkilotining “Asia University Rankings 2024” reytingiga kiritildi va «REPORTER» maqomiga ega bo‘ldi.

«Asia University Rankings 2024» reytingiga Osiyo mintaqasidagi 31 davlatning jami 739 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Ushbu reyting universitet va institutlar faoliyatining 18 ta indikatorini tahlili asosida shakllanadi.