12-15 iyun kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi xodimlari Xalmuxamedov J.A. va Rasulev E.E. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali faoliyati bilan tanishdilar.
Kafedra xodimlari markazning mazkur filiali gemodializ bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yo.E. Rasulev va J.A. Xalmuxamedov bilan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mas’ul X. Xayitov bilan muhokama qilindi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Sho‘rchin, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tibbiyot birlashmalari tibbiyot xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.