2024 yil 29 iyul kuni S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Boshqaruv raisi – rektori M.E. Shoranov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda institut faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori B.T. Daminov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’lim, ilmiy, klinik sohalarida hamkorlikni, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Boshqaruv raisi – rektori M.E. Shoranovga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Faxriy professori” unvoni topshirildi.

Uchrashuv yakunida ta’lim, ilmiy, klinik yo’nalishlarida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti qator xalqaro reytinglarda dunyoning TOP-1000 universitetlari ro’xatiga kiritilgan – «QS World University Rankings 2024» reytingida (901-950 o‘rin).