2024 yil 29-30 iyul kunlari S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti Boshqaruv raisi – rektori M.E. Shoranov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminovga S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetining “Faxriy professori” unvoni, diplomi va mantiyasini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Universitet Ilmiy Kengashining qaroriga ko’ra, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminovga «Faxriy professor» unvoni S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetining salohiyatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun topshirildi.
Ma’lumot uchun: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti qator xalqaro reytinglarda dunyoning TOP-1000 universitetlari ro’xatiga kiritilgan – «QS World University Rankings 2024» reytingida (901-950 o‘rin).