Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Daegu Haany universiteti (Koreya Respublikasi) o’rtasidagi hamkorlik memorandumida aks ettirilgan akademik harakatchanlik dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish doirasida 2024 yil 14-29 iyul kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari Daegu Haany universiteti tibbiyot kolleji (Koreya) an’anaviy tibbiyot bo’yicha yozgi maktabda tahsil olishdi.

2 hafta davomida talabalar koreys tibbiyoti tarixi, o’simlik dori-darmonlari, nutrisiologiya va ichki kasalliklari bo’yicha ma’ruzalar tingladilar. Talabalar akupunktura, kosmetologiya va teri kasalliklarida innovatsion usullarni qo’llash bo’yicha mahorat darslari va amaliy ko’nikmalarni joriy etishda faol ishtirok etdilar.

Ta’lim tadbirlaridan tashqari, talabalarga Koreyaning urf-odatlari bilan tanishadigan muzeylar va milliy bog’larga tashrif buyurishni o’z ichiga olgan boy madaniy va tarixiy dastur tashkil etildi. Shuningdek, talabalar sport tadbirlari va musobaqalarda faol ishtirok etdilar.