Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ma’muriyati shuni e’lon qiladiki, Oliy ta’limdan keyingi ta’limga mustaqil izlanuvchi doktoranti (DSc) va mustaqil izlanuvchi tayanch doktoranti (PhD) ToshPTIga 2024 yil IV – chorak uchun, hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – WWW.PHD.MININNOVATION.UZ orqali qabul qilinadi va shaxsiy papka xujjatlar bilan Ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshiriladi.
Hujjatlar qabuli 2024 yilning 15 IYULDAN – 15 AVGUSTGA qadar davom etadi.
Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi:
- Talabgor ma’lumotnomasi (объективка);
- Pasport;
- Mehnat daftarchasi;
- Diplomlar;
- Ilmiy maqola va tezislar ro’yxati (3.4);
- Ishtirok etgan ilmiy loyihalar;
- Davlat mukofotlari;
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Ariza.