Joriy yilning 24-26 avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi binosi.
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy  (oldingi M. Gorkiy ko‘chasi)

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun:
Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
Manzil: Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.

Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi.
Manzil: Buxoro shahri, Gʻijduvon ko‘chasi, 10-uy.

Xorazm viloyati uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi binosi.
Manzil: Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy.

Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, yangi binosi ma’ruza zallari.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi:
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy.

DIQQAT! Eslatma! Test sinovlariga kirish 24-26 avgust kunlari soat 7:00da boshlanib, talabgorlardan tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.

Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.