Jamoat salomtligi tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli bitirgan hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 2-bosqichdan o‘qish uchun Suhbatga hujjat topshirgan talabgorlarning Suhbat jarayonlari 2024-yil 20-avgust – 23-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Suhbat Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Bosh oʻquv binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻshamol koʻchasi, 223.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
o‘qishga qabul qilishda suhbat jarayonini o‘tkazish
GRAFIK-JADVALI

Ta’lim yo‘nalishi nomiGuruhiTalabgorlar soniSuhbat o‘tkazish muddati va vaqtiSuhbat o‘tkazish joyi
1.Davolash ishi1 – o‘zbek guruhi1720.08.2024 yil
soat 09-00
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Asosiy o‘quv binosi, 1-qavat, 3-ma’ruza zali
2 – o‘zbek guruhi1720.08.2024 yil
soat 14-00
3 – o‘zbek guruhi1721.08.2024 yil
soat 09-00
2.Pediatriya ishi1 – o‘zbek guruhi1522.08.2024 yil
soat 09-00
2 – o‘zbek guruhi1522.08.2024 yil
soat 14-00
1 – rus guruhi422.08.2024 yil
soat 16-00
3.Tibbiy-biologik ish1 – o‘zbek guruhi1221.08.2024 yil
soat 14-00
1 – rus guruhi121.08.2024 yil
soat 16-00
4.Oliy hamshiralik ishi1 – o‘zbek guruhi1123.08.2024 yil
 soat 09-00

Har bir guruh uchun Suhbatning aniq sanasi, vaqti va joyi bitiruvchining shaxsiy kabinetida ko‘rinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ilova qilingan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob 10-bandiga muvofiq, bitiruvchilar tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda, u suhbatdan (talabalikka qabul qilingandan keyin aniqlansa, talabalar safidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuboriladi.

Uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) belgilangan muddatda Suhbatga kelmagan bitiruvchilarga Suhbat o‘tkaziladigan sanadan uch kundan kechikmay Qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim.

Suhbat jarayonida quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:

  1. O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlar (Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar va boshqalar) mohiyati va ahamiyatini tushunish;
  2. Sog‘liqni saqlash yo‘nalishini tanlashda motivatsiyalarni anglash (tibbiyot xodimiga quyilgan talablar, tibbiyot kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini anglash, tibbiyot kasbiga bo‘lgan fidoyilik va boshqalar);
  3. Sog‘liqni saqlash xodimining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini tushunish (o‘qishga bo‘lgan qobiliyati, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyati, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlarining mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari va boshqalar);
  4. Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy biologiya, Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va kasbiy ko‘nikmalariga ega ekanligini aniqlash.

Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!