Toshkent pediatriya tibbiyot institutida yangi 2024/2025 o‘quv yili 2024-yil 9-sentabrdan boshlanadi.

Shuningdek, dushanba kunidan e’tiboran institut magistrantlari va klinik ordinatorlari uchun ham yangi o‘quv yili boshlanadi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga 2024/2025 o’quv yilida bakalavriat dasturlari bo’yicha 1-bosqichga qabul qilingan abituriyentlar 2024-yil 9-sentabr kuni soat 8.30 da institutda bo’lib o’tadigan 2024/2025-o’quv yilining ochilishiga bag’ishlangan tadbir (lineyka)da ishtirok etishlari lozim.

2024/2025 o‘quv yili uchun bosqichlar kesimidagi mashg’ulotlar jadvallari bilan institutning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

MUHIM! Bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaning 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish, hujjatlarning asl nusxalarini topshirish jarayonini yakunlash uchun 2024-yil 9-sentabr kuni institutning tegishli bo’linmalariga uchrashishlari lozim.