Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2023/2024 o’quv yilining 2-chi semestri natijalariga ko’ra talabalarni moddiy rag’batlantirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Eslatib oʻtamiz, “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasi ishga tushirilgandan beri talabalarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi toʻliq elektron formatga oʻtkazildi. Endilikda o‘z yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirish yoki belgilangan qoidalarga muvofiq moddiy yordam olishni xohlovchi talabalar ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va o’z yutuqlari to’g’risidagi tegishli hujjatlarni yuklashlari hamda ularni yangilab turishlari lozim bo’ladi.

Hujjatlarni topshirish IKKTA BOSQICHDA amalga oshiriladi:

1-BOSQICH – GOOGLE FORMAsini to’ldirish orqali moddiy rag’batlantirish uchun ariza berish – https://forms.gle/p3ukf4PCMD79Svc6A
2-BOSQICH – rag’batlantirish mezonlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklash kerak.

Talabalarni rag‘batlantirish uchun hujjatlarni yuklashning muddati 2024-yil 26-sentabrdan 02-oktabrgacha soat 18:00 gacha.

Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz, quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz lozim:

  1. “ToshPTI Talabalar portfoliosi” elektron platformasida ro‘yxatga olishning barcha bosqichlaridan o‘ting va shaxsiy akkauntingizni oching;
  2. Shaxsiy akkauntingizdagi rag’batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarni o’rganib chiqing;
  3. Shaxsiy akkauntingizdan foydalangan holda, 2023/2024 o‘quv yilining 2-chi semestridagi faoliyatingiz natijalariga ko‘ra moddiy rag’batlantirish olish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning elektron shakllarini (sertifikatlar, diplomlar, maqolalar, tezislar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) rag’batlantirish mezonlari yo’nalishlari bo’yicha katakchalarga muvofiq yuklang (PDF formatida imzolangan va muhrlangan holda);
  4. MUHIM! Barcha yillar va fanlar bo’yicha to’liq to’ldirilgan va Fakultet Dekanining imzosi va DEKANAT muhri bilan tasdiqlangan Reyting Daftarchasini (ЗАЧЁТКА) yuklash kerak.

Yuklangan hujjatlarning nomlari quyidagi tamoyilga muvofiq yozilishi lozim:
F.I.Sh._hujjat shakli_berilganligi sababi

Misollar:
– diplom – Abdullayev A.A._diplom_1-oʻrin_xalqaro olimpiada
– sertifikat – Abdullayev A.A._sertifikat_IELTS_7.0

  • Maqola – Abdullayev A.A._maqola_xorijiy_OAK
    – Tezis – Abdullayev A.A._tezis_xalqaro konferensiya

Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.

MUHIM! Har semestr va o‘quv yili yakunida platformada institutning TOP-50 eng muvaffaqiyatli talabalarining ochiq ro‘yxati shakllantirilib, institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

Ushbu platformadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “ToshPTI talabalar portfoliosi” elektron platformasidan foydalanish boʻyicha video yo’riqnomalar tayyorlandi, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://cloud.tashpmi.uz/s/TYDiXLpZqdy3s3g

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin.