2024-yil 20-21-sentabrda Toshkentdagi Turin Politexnika universitetida Prezident Tech Award hakatoni ikkinchi mavsumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda texnologiyalar va tibbiyot o‘rtasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qiziqqan yetakchi mutaxassislar to‘plandi.
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining Ilg’or Texnologiyalar va Strategik tashabbuslar Markazidan «ICMEDAI» va «Shifo AI» jamoalari hakatonda faol ishtirok etib, o‘z ishlanmalari bilan qatnashdilar. Uch kun davomida ular sun’iy intellekt asosida ikkita tibbiyot sohasida raqamli dasturlarini yaratdilar.
Birinchi ilova, Cardioalert, EKG suratlarini SI yordamida baholaydi va 9 xil yurak kasalliklari rivojlanish xavflarini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi ilova, OncoCare AI, miya, ko’krak va o’pka saratonlarini kompyuter ko‘rish texnologiyasini qo’llagan holda, sararton kasalligi rivojlanishi, bor yoki yo’qligini aniqlashga imkon beradi.
Ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida jamoalar 70 jamoa orasidan eng yaxshi 15 va 25 talikga kirdilar. Ularning yutuqlari sun’iy intellektning zamonaviy tibbiyot rivojlanishdagi ahamiyatini va uning amaliyotga yanada kengroq tatbiq etish imkoniyatlarini yana bir bor ochib berdi.