2025-yil 12-yanvar kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining, Talabalar turar joyida ‘’Qo’riqxonalar va Milliy bog’lar kuni “ munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda talabalarga tabiat boyliklarini asrash va kelajak avlodga yetkazish – har bir insonning muqaddas burchi ekanligi, Qoʻriqxonalar va Milliy bogʻlar tabiatning nodir maskanlari boʻlib, ular nafaqat biologik xilma-xillikni saqlashda, balki ekologik muvozanatni taʼminlashda ham muhim rol oʻynashi tushuntirildi.

Hamda talabalarga ”Qizil kitobga” kiritilgan hayvon hamda o’simliklarni asrab-avaylash kerak ekanligi hamda ularni o’dirish, payhon qilish mumkin emasligi aytib o’tildi. Talabalar ham qo’shimcha o’zlarining fikrlarini aytib o’tishdi. O’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham olishdi.